PRTSKirish

Qog‘ozingizni sotib olamiz — joyidan olib ketamiz

Hozircha faqat qog‘oz qabul qilamiz: uydagi qog‘ozni eshigingiz oldidan bepul olib ketamiz. Tarozida tortamiz — har kilogramm uchun pul PRTS hisobingizga yoziladi.

Hozir sinov bosqichi: boshlanish sanasi va hudud t.me/prts_uz kanalida e’lon qilinadi.

Qanday boshlash mumkin

Telegram bot

Ilovani kutmasdan, Telegramning o‘zida: raqamingizni yuborasiz va buyurtma berasiz.

Botni ochish

@PRTStable_BOT

Android ilova

Tez orada

Ilova hali do‘konga chiqmagan. Hozircha Telegram botdan foydalaning.

Google Play’da ochish

iPhone ilova

Tez orada

Ilova hali do‘konga chiqmagan. Hozircha Telegram botdan foydalaning.

App Store’da ochish

Bot va ilovaga bitta telefon raqami bilan kirasiz — hisob bitta.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Buyurtma berasiz

    Bot yoki ilovada chiqindi turini, taxminiy vaznini, manzil va qulay vaqtni tanlaysiz.

  2. 2

    Haydovchi olib ketadi

    Haydovchi keladi va qog‘ozni ko‘z oldingizda tarozida tortadi.

  3. 3

    Pul PRTS hisobingizga yoziladi

    Haydovchi buyurtmani yakunlashi bilan tortilgan har bir kilogramm uchun pul va eko-ball PRTS hisobingizga yoziladi.

Hisob oddiy: tortilgan kg × o‘sha kungi narx = PRTS hisobingizga yoziladigan pul.

PRTS hisobingizdagi pulni PRTS ilovasi orqali bank kartangizga yechib olasiz — kamida 50 000 so‘mdan, birinchi marta shaxsingizni tasdiqlagandan keyin.

Nimalarni qabul qilamiz

  • Oq qog‘oz

    A4 va shunga yaqin format, faqat oq qog‘oz

    2 100 so‘m / kg

    +5 eko-ball / kg

  • Aralash qog‘oz

    Karton, gazeta, jurnal, kitob, daftar

    1 000 so‘m / kg

    +5 eko-ball / kg

Narx o‘zgarib turadi: pul haydovchi buyurtmani yakunlagan kundagi narx bo‘yicha hisoblanadi.

Qog‘oz saralanmagan yoki suvda erimaydigan qog‘oz aralashgan bo‘lsa, haydovchi tortishda sifat skidkasini qo‘yishi mumkin — sababi sizga ko‘rsatiladi.

Korxonalar va haydovchilar uchun

Korxonangiz chiqindisini PRTS’ga topshirmoqchi bo‘lsangiz — «PRTS Biznes» ilovasida ro‘yxatdan o‘ting. Haydovchilarimiz ham shu ilovadan foydalanadi.

PRTS Biznes — AndroidTez oradaPRTS Biznes — iPhoneTez orada
Korxona kabinetiga kirish

Savolingiz bormi?

Qo‘ng‘iroq qiling: +998 95 105 00 52

PRTS xodimlari tasdiqlash kodini hech qachon so‘ramaydi.