PRTS · Public Recycling Tracking System
Hisobni o‘chirish
Yangilangan: 2026-10-05
Bu sahifa PRTS mijoz ilovasi, PRTS Biznes ilovasi (haydovchi va korxona) hamda PRTS Telegram boti orqali ochilgan hisoblar uchun. Mijoz ilovasida hisob darhol o‘chiriladi; qolgan hollarda so‘rov 7 kun ichida bajariladi.
1. Mijoz ilovasida
Profil → Hisobni o‘chirish. Faol buyurtma bo‘lsa avval u yakunlanishi yoki bekor qilinishi kerak; ko‘rib chiqilayotgan pul yechish so‘rovi bo‘lsa — yakunlanishini kuting. Hamyondagi mablag‘ni o‘chirishdan oldin yechib oling.
2. PRTS Biznes ilovasida (haydovchi va korxona)
Haydovchi — Profil → Hisobni o‘chirish so‘rovi, korxona — Korxona → Hisobni o‘chirish so‘rovi. Bu hisoblar o‘z-o‘zidan o‘chmaydi: reyslar, korxona hujjatlari va hamyon qoldig‘i bor. So‘rovdan keyin xodimimiz siz bilan bog‘lanadi, qoldiqni hal qiladi va hisobni 7 kun ichida yopadi. Korxona sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz — ro‘yxatdan o‘tish ekranidagi Hisobni o‘chirish (darhol, 1-bo‘limdagidek).
3. Ilovasiz
Hisob ochilgan telefon raqamidan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 95 105 00 52. So‘rov 7 kun ichida bajariladi. Telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz — shu yo‘l yoki mijoz ilovasiga o‘sha raqam bilan kirib, 1-bo‘limdagidek. Botdagi /uzish buyrug‘i faqat botni hisobdan uzadi — hisobni o‘chirmaydi.
4. Nima o‘chiriladi
- Mijoz hisobi: telefon raqami, ism, familiya va elektron pochta tozalanadi (ilovada — darhol, ilovasiz so‘rovda — so‘rov bajarilganda); yakunlangan buyurtmalardagi aloqa ismi va telefoni ham; kirish sessiyalari va Telegram bot ulanishi bekor qilinadi; ko‘rib chiqilmagan shaxsni tasdiqlash arizasi o‘chiriladi.
- Haydovchi va korxona hisobi: hisobga kirish, bildirishnomalar va Telegram bot ulanishi to‘xtatiladi; haydovchiga yangi buyurtma biriktirilmaydi.
- «Eko-Shahar» o‘yini ma’lumotlari — Maxfiylik siyosatining 13-bo‘limida sanalgani bo‘yicha.
5. Nima saqlanadi
- Buyurtmalar, hamyon va to‘lovlar tarixi — moliyaviy hisobot talablari bo‘yicha; mijoz hisobida ism va telefonsiz, lekin olib ketish manzili va xaritadagi nuqtasi buyurtma yozuvida qoladi.
- Tasdiqlangan shaxs ma’lumotlari — moliyaviy yozuv sifatida qonunda belgilangan muddat (hozircha 5 yil), keyin avtomatik o‘chiriladi.
- Haydovchi va korxona: reyslar, hisob-fakturalar, hamyon tarixi va korxona hujjatlari — buxgalteriya va soliq hujjatlarini saqlash uchun qonunda belgilangan muddat davomida, ularga bog‘liq hisob ma’lumotlari (ism, telefon raqami) bilan birga; ular xizmatda boshqa ishlatilmaydi.
- Ma’lumotlar bazasining zaxira nusxalarida (faqat nosozlikdan keyin tiklash uchun) o‘chirilgan ma’lumot yana ko‘pi bilan 31 kun qolishi mumkin.
Mijoz hisobi o‘chirilgandan keyin shu raqam bilan qaytadan ro‘yxatdan o‘tish mumkin, lekin eski balans va tarix tiklanmaydi. Haydovchi va korxona hisobi yopilganda raqam saqlanadigan yozuvlar bilan band qoladi — shu raqam bilan qayta ishlash uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Batafsil — Maxfiylik siyosati (5–6-bo‘limlar).